Maqolada XXI asrda o‘zgaruvchan dunyo sharoitida bo‘lajak kadrlarning axloqiy va etik qadriyatlarini shakllantirish muammosi psixologiya fani nuqtai nazaridan tahlil etilgan. Ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarning tez rivojlanishi, globalizatsiya va zamonaviy texnologiyalar kadrlarning axloqiy saviyasi va ma’naviyati uchun yangi talablar qo‘ymoqda. Psixologiya, insonning ichki dunyosini, xulq-atvorini, ehtiyojlarini va qarorlar qabul qilish jarayonlarini o‘rganish orqali, bo‘lajak kadrlarni axloqiy jihatdan tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Psixologik yondoshuvlar, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanish, etik qarorlar qabul qilish, konfliktlarni hal etish va ichki motivatsiyani kuchaytirish kabi masalalar kadrlarning professional va ma’naviy muvaffaqiyatlarini ta’minlashga yordam beradi. Maqolada psixologik metodlar va yondashuvlar, jumladan, kognitiv dissonansiya, vaziyatni tahlil qilish, ro‘lli o‘yinlar va simulyatsiyalar kabi usullar bo‘lajak kadrlarning axloqiy qadriyatlarini shakllantirishdagi o‘rni ko‘rsatilgan.
You may also start an advanced similarity search for this article.