Ushbu maqolada o‘zbek, nemis va rus tillaridagi mehnat va mehnatsevarlikka oid maqol va matallarning semantik xususiyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot davomida ushbu uch til va madaniyatda mehnat odobi hamda mehnatsevarlik tushunchalarining ifodalanishidagi o‘xshashlik va farqlar aniqlanadi. Maqollarning ma’no jihatidan tahlili orqali har bir tilning milliy qadriyatlari, mehnatga bo‘lgan munosabati va madaniy nuqtayi nazari yoritiladi. Tadqiqot natijalari turli tillardagi lingvistik semantikaning chuqurroq anglanishiga xizmat qiladi.
You may also start an advanced similarity search for this article.